AQSHning Delaver shtatida innovatsion tibbiy texnologiyalar bo‘yicha birinchi qozoq–amerika venchur fondi FutureMED Ventures KZ ishga tushdi, deb xabar beradi, the-tech.kz onlayn nashri.
FutureMED Ventures KZ jamoasi tarkibida biotibbiyot va tibbiy mahsulotlar sohasidagi ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha amerikalik va qozog‘istonlik mashhur mutaxassislar yig‘ilgan. Fond tibbiyot sohasida istiqbolli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiquvchi kompaniyalarni izlash va saralash, keyinchalik esa kompaniya aksiyalari evaziga mazkur texnologiyalar klinik tajribalarini moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi. Fondning umumiy rejalashtirilgan qiymati 400 million dollarni tashkil qiladi.
Klinik tajriba muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda kompaniya qiymati bozor hajmi, shuningdek ko‘rsatilgan samaradorlik darajasiga qarab 10 martalab oshib ketishi mumkin.
Fond rahbariyati Qozog‘istondagi tibbiy muassasalarda klinik tajribalar o‘tkazish tadqiqot hablarida unikal transformatsiya g‘oyasini ishlab chiqqan.
FutureMED Ventures KZ fondining unikal strategiyasi klinik tajribalar bozorini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Manba: the-tech.kz sayti