Smart Jumys loyihasi Career Map — karyera xaritasini taqdim qildi.

Qazaq IT Community hamjamiyatining instagram sahifasida xabar berilishicha, Qozogʻistonning yangi Smart Jumys loyihasi Career Map karyera xaritasini taqdim qildi.

Career Map — orzusidagi kompaniyada ishlashni istovchi barcha uchun moʻljallangan karyera xaritasi.

Xarita kimlar uchun?

  • Junior, middle, middle+ darajasidagi IT mutaxassislar;
  • Loyiha, mahsulot, biznes tahlil va boshqa raqamli sohalar menejerlari.

Career Map by Smart Jumys sizga nima beradi?

  • Qattiq va yumshoq koʻnikmalarning toʻliq tahlili;
  • Texnik mutaxassis bilan texnik tahlili;
  • Ingliz tilida soʻzlashish koʻnikmasi tahlili;
  • Qayerda va qanday qilib koʻproq daromad qilish boʻyicha tavsiyalar;
  • HR mutaxassisdan batafsil fidbek.

Texnik mutaxassislar:

  • Arayli Muhamadi, BTS Digital
  • Sara Jusakinova, Codemotion
  • Luara Meyrbekova, ex Homecredit
  • Eldana Suleymanova, Codemotion
  • Araylim Auelbek, KPMG
  • TImur Ibragimov, SentrKredit banki

Roʻyxatdan oʻtish uchun ushbu havola orqali anketani toʻldirish talab etiladi. Toʻliq tahlil narxi ramziy maʼnoda 19 900 tenge (45 $).

Muhim!

Roʻyxatdan oʻtgan ilk 50 nafar ishtirokchi qabul qilingani sababli anketani 25-mayga qadar toʻldirishingizni soʻraymiz.

Manba: qazaqitcom rasmiy Instagram sahifasi