DOMiNO Ventures vakillari IT Park Uzbekistanga tashrif buyurdi

Niderlandiyaning DOMiNO Ventures kompaniyasi vakillari IT Park Uzbekistanga tashrif buyurib, bu ikki tashkilot oʻrtasidagi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari muhokama qilindi.

IT Park Uzbekistan’da DOMiNO Ventures vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yigʻilishda DOMiNO Ventures kompaniyasining boshqaruvchi direktori Yagiz Karadeniz va kompaniyaning sarmoya va strategiya bo‘yicha mutaxassisi Eren Ashkin ishtirok etdi, deya xabar beradi it-park.uz.

Rasmiy uchrashuv davomida har ikki tomon ham O‘zbekistondagi startaplar uchun yangi istiqbollarni ochadigan mahalliy loyihalarga sarmoya kiritish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratdi. Niderlandiyaning venchur kompaniyasi vakillarining tashrifi oʻzbek innovatsiyalarining xalqaro maydonga tezroq va yaxshiroq kirib kelishiga hissa qoʻshishiga, shuningdek, DOMiNO Ventures kompaniyasining Oʻzbekiston bozoriga qiziqishini oshirishga yordam beradi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida investitsiya strategiyalari va jamg‘arma fondini yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi. Uzoq muddatli kelajakda ushbu tashabbus mahalliy va xalqaro investorlar o‘rtasida chuqur integratsiyalashuv uchun sharoit yaratadi va shu orqali mamlakatda venchur faollikni kuchaytiradi.

DOMiNO Ventures vakillari O‘zbekiston venchur kapital bozorining AloqaVentures va UzCard Ventures kabi yirik ishtirokchilari bilan ham qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvlar hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, O‘zbekiston venchur bozorining xususiyatlari va ehtiyojlarini yaxshiroq tushunish imkonini berdi, bu esa, o‘z navbatida, mahalliy darajada o‘zaro yaqinroq hamkorlik va samarali ishlashga xizmat qilmoqda.

DOMiNO Ventures kompaniyasi IT Park Uzbekistan vakillari bilan uchrashuv chog‘ida uzoq muddatli va samarali hamkorlikka intilishini ta’kidladi. Ushbu tadbir O‘zbekiston startap ekotizimini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi va uning jahon innovatsion hamjamiyatiga integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlaydi.

Maʼlumot oʻrnida, DOMiNO Ventures kompaniyasi Turkiya, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropadagi sunʼiy intellekt, oʻyin sohasi va Web3 boʻyicha startaplarga sarmoya kiritishga urgʻu beradigan Gollandiya venchur kompaniyasi hisoblanadi.

Maʼlumot oʻrnida, DOMiNO Ventures kompaniyasi Turkiya, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropadagi sunʼiy intellekt, oʻyin sohasi va Web3 boʻyicha startaplarga sarmoya kiritishga urgʻu beradigan Gollandiya venchur kompaniyasi hisoblanadi.