Iyunda “Markaziy Yevrosiyo venchur forumi 2024” bo‘lib o‘tadi

2024-yilning 7-iyunida Qozog‘istonning Olmaota viloyatida Markaziy Yevrosiyo venchur forumi bo‘lib o‘tadi. Maqolada forum dasturi, qaysi sohalarni va kimlarni qamrab olishi, umuman forum haqida batafsil ma’lumot berib o‘tilgan.

MOST Holding xususiy venchur fondi va Investbanq platformasi joriy yilning 7-iyunida Qozog‘istonning Olmaota viloyatida Markaziy Yevroosiyo venchur forumini (CEVF 2024) o‘tkazishni rejalashtirgan. Forumda 1500 dan ortiq startap egalari, sarmoyador va biznesmenlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Forum shiori — “Investitsiya yo‘nalishlari san’atini o‘zlashtiramiz”. Ya’ni, unda ishtirokchilarga “yakkashox” bo‘lishi mumkin bo‘lgan tez o‘suvchi kompaniyalarga kiritilgan sarmoyalarni boshqarish san’ati o‘rgatiladi.

Forum dasturi doirasida quyidagi tadbirlar mavjud:

  • Bo‘lajak yakkashoxlarni izlab. Sun’iy intellekt, biotexnologiya, fintex va blokcheyn mavzulari yoritiladi;
  • Yashil evolyutsiya: barqaror kelajakka sarmoya. Bozorning yirik o‘yinchilaridan misol va keyslar. Trendlarni oshkor qilish;
  • Podkastlar zonasi. CEVF 2024 hamkorlari uchun podkastlar yozish;
  • Fintex kelajagi. Innovatsiyalar, transformatsiya, taraqqiyot imkoniyatlari va strategiyalari;
  • Markaziy Osiyo — venchur investorlari bozori. Davlat tuzilmalari va xorijiy fondlar orqali bozorni rivojlantirish va jalb qilish;
  • VIP Space. Muhim muzokaralar hududi;
  • Interaktiv hudud. Ishtirokchilar uchun dam olish va netvorking hududi
  • Promo hudud. MOST holding.

Qo‘shimcha faollik hududlari:

  • Startaplar xiyoboni. Yakkashoxlar hududi;
  • Media hudud. Top investorlar bilan intervyu va podkastlar yozish;
  • Startap battl. Qisqa taqdimotlar ko‘rinishidagi ishtirokchilar chiqishi.

Forum kimlar uchun?

— Tadbirkorlar;

— Venchur investorlar;

— Korporatsiyalar;

— Startap egalari;

— O‘z “yakkashox”ini izlayotganlar;

— Ommaviy axborot vositasi vakillari;

— Sarmoya kiritish bozoridagi trendlarni kuzatuvchilar;

— Hamfikr izlayotganlar.

Forum so‘zlovchilari:

  • Bagdat Musin — Qozog‘iston respublikasi raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri;
  • Asel Mashanova — Lulu Group, Metabody va Metafarm kompaniyalar tarmog‘i asoschisi;
  • Arman Suleymenov — nFactorial School asoschisi va bosh direktori, nFactorial Podcast muallifi;
  • Arkadiy Moreynis — dasturchi, tadbirkor va investor, “Фабрики стартапов”, “Главстарт” asoschisi, Price.ru xizmatining yaratuvchisi;
  • Oljas Jiyenkul — CAMS, Investbanq bosh direktori. Aktivlarni boshqarish, sug‘urta, venchur kapitali va brokerlik sohasida 15 yildan ortiq tajribaga ega tadbirkor, fond menejeri va impakt-investor;
  • Baxt Niyazov — Falconry Capital asoschisi, Qozog‘istonning MOST Ventures venchur fondining hammuassisi, shuningdek, UMAY Angels Club “biznes-farishtalar” klubi hammuassisi;
  • Anna Fokina — AQSHning San Fransisko shahrida joylashgan DCVC Bio kompaniyasining investitsiya direktori;
  • Nikita Rajev — Yandex Cloud kompaniyasida startap dasturlar va tijoriy tashabbuslar bo‘yicha rahbar;
  • Mirat Ahmetsadikov — MOST Holding bosh direktori;
  • Pavel Koktishev — MOST Holding hammuassisi va boshqaruvchi hamkori, Jahon iqtisodiy forumining Yevrosiyo guruhi a’zosi, Global Shapers hamjamiyati bitiruvchisi, “Zerde” milliy axborot kommunikatsiya holdingi” AJ sobiq o‘rinbosari, Astana Hub va QazInnovation yaratilishida koordinatsiya bilan shug‘ullangan;
  • Alim Hamitov — MOST Ventures bosh direktori, MOST Holding va UMAY Angels Club hammuassisi, Markaziy Osiyo inkubator va akseleratorlar assotsiatsiyasi asoschisi;
  • Elmira Obri — MOST Business Intelligence bosh direktori.

Manba: ventureforum.asia