Jahon bank guruhining IFC — Xalqaro moliya korporatsiyasi yangi Sturgeon Capital fondiga 5 million dollar sarmoya kiritmoqda.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va texnologiya startaplarini qoʻllab–quvvatlash uchun IFC rivojlanayotgan bozorlarda venchur kapitaliga yirik investor Sturgeon Capital tomonidan boshqariladigan yangi Sturgeon Emerging Opportunities II LP venchur fondiga 5 million dollargacha sarmoya kiritishi IFC rasmiy saytida.
Sturgeon Emerging Opportunities II dasturi fintex, B2B platformalar, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash va taʼlim kabi sohalardagi startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan. Fond intiluvchan tadbirkorlarga oʻz biznesini kengaytirish, faoliyat samaradorligini oshirish va uzoq muddatli ish bilan taʼminlash imkoniyatlarini yaratishga yordam beradi.
Fond asosan Markaziy Osiyodagi loyihalarga sarmoya kiritishdan tashqari, Misr va Pokiston kabi boshqa rivojlanayotgan bozorlarda ham ishlash niyatida. Sturgeon Capital hisob-kitoblariga koʻra, bu mamlakatlardagi IT startap bozori 2030-yilga borib yillik 300 million dollarga yaqin daromad keltirishi va 1,5 milliard odamga foyda keltirishi mumkin.
Maʼlumot uchun, Jahon banki guruhining aʼzosi boʻlmish IFC rivojlanayotgan bozorlarda xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlashga bagʻishlangan eng yirik global rivojlanish institutidir. Korporatsiya 100 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi.
Manba: IFC rasmiy sayti