Astana Hub hamda Google for Startups tashkilotlari 2022-yildan beri birgalikda o‘tkazib kelayotgan va startaplarni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan Silkway Accelerator dasturining 5-mavsumiga qabul boshlandi.
Silkway Accelerator trekshnga qaratilgan akseleratsiya dasturi bo‘lib, Markaziy Osiyo, Mongoliya, Ozarbayjon va Gruziyadagi startaplar uchun mo‘ljallangan. Uch oylik intensiv kurs davomida ishtirokchilar o‘z bizneslarini o‘zgartirish va maqsadlariga erishish uchun strategiyalarni ishlab chiqishni o‘rganadi.
Ma’lumot uchun, Silkway Accelerator bugungi kungacha 6 ta davlatning 49 ta startapiga umumiy 26 million dollar sarmoya jalb qilgan hamda bitiruvchilarning umumiy bahosi 425 million dollardan ortiq.
Qanday loyihalar qatnashishi mumkin?
- Dasturda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya va Mongoliyaning texnologik loyihalari ishtirok etishi mumkin. Tashkilotchilar PMF va scale bosqichidagi startaplarga qiziqish bildirmoqda.
- Bundan tashqari, dastur 3 oy davomida Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgani uchun ishtirokchilar bu muddat davomida dasturda oflayn ishtirok etishi talab etadi.
- Ishtirokchilar ingliz tilida bemalol muloqot qila olishi zarur.
Silkway Accelerator ishtirokchilarga nima beradi?
- Treking
- Google for Startups va Astana Hub vorkshoplar
- Mehmon ma’ruzachilardan ma’ruzalar
- Mahorat darslari va soha mutaxassislaridan individual sessiyalar
- Investitsion yordam — Invest Days, sarmoyadorlar bilan aloqa, investitsion taklif, Mock pitching sessiyalar, Demo Day
- Netvorking va bozorga kirish
- Infratuzilmani qo‘llab-quvvatlash — jamoaning 2 a’zosi uchun yashash joyi, kovorking, viza olishga to‘liq yordam
- To‘liq mediaviy qo‘llab–quvvatlash
- Homiylardan resurslar
Akseleratorning ijobiy tomonlarini ushbu havola orqali batafsil bilib olishingiz mumkin.
Muhim sanalar
- Arizalar qabuli — 22-apreldan 24-maygacha
- Ilk skrining — 27-maydan boshlab
- CEO bilan uchrashuv — 3-iyundan boshlab
- Komissiya tanlovi — 10-iyundan boshlab
- Ishtirokchilarni e’lon qilish — 17-iyundan boshlab
- Orientatsiya haftaligi — 1-iyuldan boshlab
- Dastur boshlanishi — 6-iyuldan boshlab.
Qozog‘istondan boshqa davlatdan ariza topshiruvchilar bilishi kerak bo‘lgan muhim ma’lumotlarni ushbu havola orqali batafsil bilib olishingiz mumkin.
Ro‘yxatdan mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin. Dasturda ishtirok etish bepul.Manba: Astana Hub rasmiy sayti