Toshkent shahridagi Inha universitetida Amazon kompaniyasining AWS Community Day Central Asia 2024 mintaqaviy konferensiyasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, deb xabar beriladi awsug.uz saytida.
Kun davomida bo‘lib o‘tadigan tadbirda ishtirok eting va netvorkingni kengaytiring, o‘rganing va ilhomlaning. Tadbir jamiyat tomonidan jamiyat uchun tashkillashtirilmoqda.
Tadbir qayerda va qachon bo‘lib o‘tadi?
AWS Community Day 26-may, 2024-yil soat 9:00 dan 18:00 gacha Toshkent shahridagi Inha universitetida bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting. Tadbirda ishtirok etish bepul.
Ma’ruzachilar bilan tanishing
- Anton Babenko — AWS Hero & Terraform inflyunser
- Viktor Vedmich — AWS’da Senior dasturchi
- Konstiantin Severenchuk — EPAM’da texnologik yechimlar bo‘limi direktori
- Irine Kokilashvili — EPAM’da Senior tizim muhandisi
- Igor Ivaniuk — AWS’da Muhim yechimlar arxitektori
- Alua Musralina — LoanaAI asoschisi va bosh direktori
- Roman Boiko — AWS’da serversiz tizim yechimlar senior arxitektori
- Salome Bakradze — Gruziya bankining IT dastur muhandisi
- Vazha Pirtskhalaishvili — Gruziya bankining DevOps & DataOps injiniring bo‘limi boshlig‘i
- Aleks Kulagin — EPAM’da injiniring menejeri
- Arman Nurgaliyev — core24/7’da bulutli tizimlar arxitektori
- Levan Murusidze — Space International va TBX’da Senior DevOps
- Dilshod Ibragimov — EPAM’da mashinali o‘qitish muhandisi
- Anton Kovalenko — AWS’da Senior yechimlar arxitektori
- Komron Urunov — Alif Bankda DevOps jamoasi yetakchisi
- Artyom Prima — qCloudy’da Developer Advocate
- Aleksey Eremin — FivexL’da bulutli injiniring muhandisi
Ma’ruzalar ro‘yxati
- AWS Cloud Native CI/CD akseleratorining SI imkoniyatlari
- Terraform bilan AWS’da serversiz tizim qurish
- Kuchli ilovalar qurish uchun namuna va amaliyotlar
- AWS’da k8s yordamida xavfsiz infratuzilma qurish
- Merosiy ilovalarni qanday qilib dekomissiatsiya qilish
- Serversiz tizim xarajatlari va ish sifatini optimizatsiya qilish
- Athena Best Practices and Beyond: S3 Bucket Cost hikoyasi
- Strategiyalarni amalga oshirish va eng yaxshi amaliyotlar
- Qanday qilib … 3-urinishda men AWS’ni yoqtirib qoldim?
- Platforma injiniringi: Rapid Software Delivery bo‘yicha amaliyotlar
- Amazon SageMaker yordamida mashinali o‘qitish jarayoni
- AWS’da serversiz migratsiya
- Amazon Q: Overview
- Gruziya bankining bulutli hikoyasi
- FinOps’da yo‘naltirib: 0 dan boshlab biznes o‘sishigacha
- Alif Business holati: FinTech kompaniyalarning on–premise rejimidan AWS Cloud’ga o‘tishi
Ma’lumot uchun, AWS Community Day bu — AWS mutaxassislari va dunyo bo‘ylab sanoat yetakchilari tomonidan beriluvchi texnik muhokama, sessiya va mahorat darslarini qamrab olgan konferensiya. Community Day tadbirlari asosida o‘zaro tajriba ulashish va dasturchilarga AWS haqidagi bilimlar egallashi uchun imkoniyat yaratadi.
Tadbir homiysi bo‘lishni istasangiz, ushbu e-mail orqali biz bilan bog‘laning.
Tadbirda ko‘ngilli bo‘lib ishtirok etishni istasangiz, mana bu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.Manba: awsug.uz