KazAID Qozog‘istonning xalqaro rivojlanish agentligi Tojikistondagi IT mutaxassislarni o‘qitish uchun Astana Hub’ning Tech Orda inson kapitalini rivojlantirish dasturiga asosan Tojikiston elchixonasiga 100 dona vaucher taqdim etdi.
Dastur doirasida tojikistonlik yoshlarning Tech Orda dasturida faol ishtirok etishi taklif etilmoqda. Ma’lumot o‘rnida, Tech Orda dasturi Qozog‘istondagi xususiy IT maktablarda IT mutaxassislarni o‘qitishga qaratilgan. Bu imkoniyat tojikistonlik iqtidorli yoshlarning axborot texnologiyalar sohasidagi, xususan, veb dasturlash, kiberxavfsizlik, Python va FullStack dasturlash, C# va Data Science sohalarida potensialini namoyon etishi uchun imkoniyat yaratib beradi.
Mazkur tashabbus O‘rta Osiyodagi yoshlarning rivojlanishi uchun rasmiy yordamning bir qismi bo‘lib xizmat qiladi.Manba: the-tech.kz sayti