Yandex sun’iy intellekt sohasidagi eng yaxshi yosh tadqiqotchilarni tanlab oladi

Yandex kompaniyasi o‘zlari tajribaga ega bo‘lgan sohalarda turli mukofotlarni taqdim etadi. Yandex tadqiqotchilari hali o‘z yechimini topmagan masalalarga innovatsion yechimlar o‘ylab topish bilan shug‘ullanadi. Ular tomonidan yaratilgan algoritm, metod va texnologiyalar Yandex’ning ko‘plab loyihalarida qo‘llanadi.

Sovrin qaysi yo‘nalishlardagi loyihalarga beriladi?

  • Nutqni aniqlash va sintezlash;
  • Kompyuterli ko‘rish;
  • Axborot qidiruvi;
  • Tabiiy tilni qayta ishlash va mashinali tarjima;
  • Generativ modellar.

Nominatsiyalar

  • Birinchi nashr;
  • Tadqiqotchilar;
  • Yosh ilmiy rahbarlar;
  • Ilmiy rahbarlar;
  • Mashinali o‘qitish fani o‘qituvchilari.

Dasturda ishtirok etishning asosiy shartlaridan biri Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston yoki O‘zbekistonning oliy o‘quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot institutlaridan birida spetsialitet, bakalavr, magistratura yoki aspirantura bosqichida ta’lim oladigan talaba bo‘lish hisoblanadi. Sovrin jamg‘armasi 500 000 rubldan 1 000 000 rublgacha bo‘lgan pul yutug‘i hamda Yandex Cloud platformasining barcha xizmatlaridan foydalanish uchun 500 000 rubl grantdan iborat. Talablar hamda sovrin haqida to‘liq ushbu havola orqali batafsil bilib olishingiz mumkin.

Sovrin kengashi

  • Pavel Braslavskiy — Nazarboyev universiteti, Oliy iqtisodiyot maktabi dotsenti;
  • Aleksandr Kraynov — Yandex’da sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha direktor;
  • Yevgeniy Burnayev — Skoltex universitetida sun’iy intellekt markazi rahbari;
  • Sergey Nikolenko — Steklov RAN nomidagi matematika instituti Sankt Peterburg vakolatxonasi hamda Sankt Peterburg davlat universitetining katta ilmiy xodim;
  • Aleksey Gusakov — Yandex’da CTO;
  • Stanislav Smirnov — Jeneva universiteti, Sankt Peterburg davlat universiteti hamda Skoltex universitetlarida professor.

Hayʼat a’zolari

  • Dmitriy Soshnikov — Yandex mashinali o‘qitish laboratoriyasida katta dasturchi;
  • Roman Isachenko — Yandex suratlarni diskriminativ tahlil qilish guruhi rahbari, fizika-matematika fanlari nomzodi;
  • Konstantin Lahman — Yandex kompuyterli ko‘rish hamda ML–dasturlar bo‘limi rahbari;
  • Sergey Kastryulin — Yandex Research tadqiqotchisi;
  • Artyom Babenko — Yandex Research tadqiqotchisi, fizika–matematika fanlari nomzodi;
  • Lyudmila Proxorenkova — Yandex Research yetakchi tadqiqotchisi, kompyuter fanlari doktori, fizika–matematika fanlari nomzodi;
  • Dmitriy Baranchuk — Yandex Research yetakchi tadqiqotchisi;
  • Aleksey Tolstikov — Yandex ma’lumotlar tahlil maktabi rahbari, fizika–matematika fanlari nomzodi;
  • Aleksandr Garshin — Yandex Погода xizmati rahbari, fizika–matematika fanlari nomzodi;
  • Aleksey Drutsa — Yandex texnologiyalarni qabul qilish bo‘limi direktori, fizika–matematika fanlari nomzodi;
  • Dmitri Soshnikov — generativ SI laboratoriyasi texnik direktori, fizika–matematika fanlari nomzodi;
  • Valentina Broner — Yandex ma’lumotlar tahlili maktabining mashinali o‘qitish yo‘nalishi akademik rahbari, fizika–matematika fanlari nomzodi.

Muhim sanalar

  • 2024-yilning 6-mayidan 21-iyunigacha ariza topshirish mumkin;
  • 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar 1-iyuldan 9-avgustgacha suhbat qilinadi;
  • 2024-yilning kuzida g‘oliblar taqdirlanadi.

Sovrinlar uchun arizalarni ushbu havola orqali topshirishingiz mumkin. Manba: yandex.ru sayti