Qirgʻizistonning Akyl AI startapi Jeyson Kalakanisning LAUNCH akseleratori tomonidan taqdim etilayotgan Founder.University dasturiga kiritildi, deya xabar bermoqda Qirgʻizistonning Yuqori texnologiyalar parkining rasmiy Instagram sahifasi.
Akyl AI — qirgʻiz tilida ishlaydigan birinchi SI yordamchi. Loyiha asoschilari — Ulan Abdurazakov, Nursulton Bakashov va Timur Turatali.
LAUNCH — taniqli investor va tadbirkor Jeyson Kalakanis tomonidan asos solingan nufuzli akselerator dasturi. Dastur butun dunyodagi istiqbolli startaplarni birlashtiradi va ularning rivojlanishi uchun zarur boʻlgan mahorat darslari, sarmoya va boshqa resurslardan foydalanish imkonini yaratadi.
Akyl AIʼning LAUNCH dasturiga kirishi nafaqat Qirgʻiziston, balki Markaziy Osiyo startap hamjamiyatining katta yutugʻi hisoblanadi.
Bundan tashqari, Akyl AI sunʼiy intellekt bilan ishlovchi qirgʻizcha gapiradigan ilk yordamchi bot haqidagi maqolamizni ham qarab koʻring.