Women in Tech global hamjamiyati turli mamlakatlardagi 50 dan ortiq vakolatxonalar qatorida Qozogʻistonda ham ishga tushirilgani eʼlon qilinadi.
Tez orada Women in Tech Kazakhstan hamjamiyati barcha xohlovchilar uchun oʻz eshigini ochadi, deya xabar beradi the-tech.kz nashri. Hamjamiyat qozogʻistonlik ayol-qizlarga xalqaro darajadagi netvorking va ustozlarning bepul yordamini qoʻlga kiritish imkoniyatini ochadi. Hamjamiyat, shuningdek, Qozogʻiston global netvorking platformalaridan foydalangan holda W-techʼni xalqaro darajaga olib chiqishni rejalashtirgan.
Women in Tech hamjamiyati UN Women, Amazon, Binance, Apple, Google, Cisco, Oracle kabi texnologik gigantlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.
Maʼlumot uchun, Women in Tech Global global harakat boʻlib, 2030-yilgacha 5 million nafar ayol-qizni STEM sohasiga jalb qilishni rejalashtirgan. Uning asosiy yoʻnalishi tarkibiga taʼlim, biznes, raqamli inklyuziya va huquqni himoya qilish kiradi. Women in Tech ayollar koʻnikmaga ega boʻlishini taʼminlaydi, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlaydi, raqamli tenglik uchun gender stereotiplarga qarshi kurashadi.
Women in Tech Kazakhstan hamjamiyatining Instagram va LinkedIn sahifalariga ulanishingiz mumkin.
Manba: the-tech.kz nashri