Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan eng katta IT tadbir — “Startap natsiya” battlida ishtirok eting va Amerikaga yo‘llanma yutib oling!
Sizni nimalar kutmoqda:
- Viza yordami hamda Qirg‘izistonning yuqori texnologiyalar parki tomonidan qoplanadigan 2 haftalik Amerikaga sayohatni o‘z ichiga olgan sovrin jamg‘armasi;
- Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining “Star Ventures” dasturida ishtirok etish va startap rivoji uchun grant qo‘lga kiritish imkoni;
- Muvaffaqiyatli startap asoschilaridan mahorat darslari;
- Loyihangizni amalga oshirish hamda OAVda yoritishda yordam;
- Professional aloqalaringizni kengaytirish imkoni!
Loyihada kimlar qanday yo‘nalishlarda ishtirok etish mumkin?
- Barcha faoliyat turi bo‘yicha startaplar qabul qilinadi;
- Sun’iy intellekt, mashinali o‘qitish, blokcheyn, SaaS, mobil va veb dasturlar kabi ko‘plab sohalardagi innovatsion yechimlar;
- IT yechimlardan foydalanishga qiziqqan kichik va o‘rta biznes tadbirkorlari
Qachon va qayerda?
Tadbir Qirg‘izistonning Bishkek shahrida 8-iyun kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Tadbir haqida batafsil ma’lumot, jumladan aniq vaqt va manzilni ushbu havola orqali bilishingiz mumkin.
Qanday qilib tadbirga ro‘yxatdan o‘tish kerak?
- “Startap natsiya” battlining rasmiy Telegram guruhiga qo‘shilishingiz zarur
- Ushbu havola bo‘yicha jamoangizni 31-maygacha ro‘yxatdan o‘tkazishingiz kerak.
Diqqat: jamoalar soni ko‘payib ketsa, ro‘yxatdan o‘tkazish oldinroq yopilishi ham mumkin.
O‘z g‘oyangizni hayotga tatbiq etish va “Startap natsiya” innovatsion hamjamiyatga a’zo bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Manba: the-tech.kz