IT Investments Center va ProArt sizni 2024-yil 3 va 4-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan birinchi Xalqaro O‘yin va Animatsiya festivaliga taklif qiladi. Ushbu innovatsion tashabbus strategik jihatdan O‘zbekistonda va xalqaro miqyosda kreativ iqtisodiyotni targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘lib, o‘yin sanoatining asosiy roli va uning jahon iqtisodiyotiga chuqur ta’siriga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Festivalda qanday tadbirlar bo‘lib o‘tadi?
- O‘yinlar va animatsiyalar ko‘rgazmasi — o‘yin noshirlari, o‘yin studiyalari, eSPORTS tashkilotlari, animatsiya sohasi vakillari va butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqaruvchilari o‘zlarining so‘nggi ishlanmalarini namoyish etuvchi tadbir.
- O‘yin forumi — o‘yin sohasi mutaxassislari, ishqibozlar va intiluvchan ijodkorlar o‘yin sanoatining kreativ iqtisoddagi ahamiyatini ta’kidlash uchun birlashadigan dinamik tadbir. Ushbu qiziqarli tadbirda bilim almashish sessiyalari, netvorking imkoniyatlari va mazmunli muhokamalar hamda soha mutaxassislari bilan quyidagi mavzularda savol–javob sessiyalar bo‘lib o‘tadi.
- 1-panel muhokama: Butun dunyo hamda mintaqadagi o‘yin sanoatining yutuq, imkoniyat va ta’siri
- 2-panel muhokama: O‘yin ishlab chiqarish strategiyalari va mobil o‘yinlardagi trendlar bo‘yicha mutaxassislar fikri
- 3-panel muhokama: O‘yin sanoatini savdo va sarmoyalar uchun jozibali qilish
- 4-panel muhokama: eSport dinamikasi va haqiqiy o‘yin tajribalarini o‘rganish
- 5-panel muhokama: Inklyuziv o‘yin sohasi – narrativ hamda o‘yin ishlab chiqishdagi turli qarashlarning ta’siri
- Animatsiya forumi — qiziqarli mahorat darslari, o‘quv ma’ruzalari va ijodkorlikni ilhomlantiradigan turli xil dasturlar bilan animatsiyaga sho‘ng‘ing
- Seminarlar — Malaka va ijodkorlikni oshirish uchun tajribali animatorlar boshchiligidagi amaliy mashg‘ulotlar
- Ma’ruzalar
- Animatsion filmlar vitrinasi
- ESPORTS musobaqasi — Barcha o‘yinlarning rasmiy noshirlari ishtirokida
- PUBG
- DOTA 2
- FIFA 24
- CS2
- VALORANT
- League of Legends
- O‘yin kospleyi
- Musiqa festivali — Music Festda musiqa, madaniyat va yaxshi kayfiyatning mutlaq uyg‘unligini his qilishga tayyorlaning! Dinamik Global Deejays, maftunkor Joezi dueti va jozibali Lizwi vokalisti kabi ajoyib san’atkorlar ishtirokidagi bayramda bizga qo‘shiling. Musiqa festivali musiqa ixlosmandlariga har qanday did uchun – pulsatsiyalanuvchi ritmlardan tortib, qalbni hayajonlantiradigan kuylarga qadar unutilmas tajribani va’da qiladi.
- JOEZI — Fransiyalik mashhur DJ va prodyuser
- GLOBAL DEEJAYS — Dj Teylor (Konrad Shreyvogl) va FLOw (Florian Shreyvogl) dan tashkil topgan avstriyalik tek-Xaus Dj jamoasi.
- Lizwi — dunyoga mashhur Janubiy afrikalik qo‘shiqchi.
Festival IT Park Toshkent majmuasi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi binolarida boʻlib oʻtadi. Festival doirasidagi tadbir va maʼruzalarning aniq vaqtini ushbu havoladan bilib olishingiz mumkin.
Festivalda qatnashish uchun ushbu havoladan ro‘yxatdan o‘ting.
Musiqa festivaliga kirish uchun chiptalarni mana bu havoladan xarid qilish mumkin.