Qozogʻiston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi qoshida Sunʼiy intellekt va innovatsiyalarni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etiladi, deya xabar beradi the-tech.kz.
Yangi tuzilmaga sunʼiy intellekt sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish vazifalari qoʻyiladi. Qoʻmita, shuningdek, sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish sohasidagi huquqiy-meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ham javobga boʻladi.
Bundan tashqari, yangi tashkil etiladigan qoʻmitaga sunʼiy intellekt sohasidagi tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish, sunʼiy intellekt sohasidagi ekspertlar kengashining tarkibi va faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash, sunʼiy intellektni rivojlantirishga doir davlat rejalashtirish tizimining hujjatlarini muvofiqlashtirish vazifalari ham yuklanadi.
Manba: the-tech.kz