Toshkentda DesignScience 2024 Uzbekistan konferensiyasi boʻlib oʻtadi

2024-yilning 18-may kuni Oʻzbekiston poytaxti Toshkentda biznes va odamlarning hayotida dizayn va tadqiqotlarning ahamiyatiga bagʻishlangan keng koʻlamli konferensiya boʻlib oʻtadi. Maqolada konferensiya haqida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Har qanday mahsulotning asosiy qiymati CX (Costumer Experience) va UX (User Experience) foydalanish tajribasi hisoblanadi. Mijozlar yana qaytib keladimi? Mahsulot va xizmatingizni boshqalarga ham tavsiya qiladimi? Bularning bari mahsulotingiz ularning muammosini qay darajada hal qila olishiga bogʻliq. Sifatli va raqobatbardosh CX/UX va UI qanday yaratiladi? Qaysi uslublarni qoʻllagan maʼqul? Infratuzilma va kompaniyadagi dizayn madaniyatini qanday rivojlantirish mumkin? Sarmoya kiritishga arziydimi va ha boʻlsa, qancha?

Yuqoridagi mavzular sizga qiziq boʻlsa, MDHʼdan kelgan mutaxassislar, mahsulot va dizayn direktorlari, yetakchi ecom, telekom va bank sohasidagi kompaniyalar tadqiqotchi va dizaynerlari bilan boʻlib oʻtadigan konferensiyaga tashrif buyuring.

Tadbir hamkorlari

  • Mates Digital — DesignScience 2024 Uzbekistan konferensiyasining bosh hamkori va homiysi;
  • UsabilityLab — xalqaro tadqiqot va dizayn laboratoriya;
  • IT Community of Uzbekistan — Oʻzbekistondagi eng yirik IT hamjamiyat;
  • Agile Uzbekistan — Agile madaniyat boʻyicha tajriba va koʻnikmalar almashish uchun odamlarni birlashtirish maqsadida tashkil etilgan hamjamiyat
  • Impact.T — Kovorking markazi
  • Research & Design Science Community Global — mahsulot tadqiqotchilari, dizaynerlar, tahlilchi va marketologlar yopiq hamjamiyati

Maʼruzachilar

  1. Dmitriy Satin — USABILTYLAB Global asoschisi va bosh direktori;
  2. Asilxan Nazir — tekmatesʼning dizayn boʻlimi boshligʻi;
  3. Diana Andrus — DAR techʼda Senior mahsulot dizayneri;
  4. Timur Seydalin — START.RU dizayn tizimi yetakchisi;
  5. Aleksey Ivanov — Customer Experience Laboratory komaniyasi va Toshkentdagi mijoz tajribasi akademiyasi asoschisi va boshqaruvchisi;
  6. Anna Ambrozevich — CRO, personalizatsiya va marketing texnologiyalari boʻyicha mustaqil mutaxassis;
  7. Maksim Kozlov — fabuza.ru asoschisi va bosh direktori;
  8. Kamila Altinbasova — Kcell AJʼda UX/UI dizayner;
  9. Sadoqat Akramova — Kolesa Group UX tadqiqotchisi, Avtoelon.uz mahsulot dizayneri;
  10. Roma Iminov — Kolesa.kz mahsulot dizayneri;
  11. Yernar Bilyalov — biznesni rivojlantirish boʻyicha qozogʻistonlik hamkor;
  12. Aydin Beysembin — Documentolog kompaniyasining mahsulot dizayni boʻlimi rahbari;
  13. Dauren Muhamediyev — Tinkoff mahsulot menejeri;
  14. Vladislav Kurguzov — tekmates mahsulot dizayneri, DesignLead kanalidagi podkastlar muallifi;
  15. Farrux Fayzulin — Jusan Business dizayn boʻlimi boshligʻi;
  16. Yuliya Kojuxova — mail.ru, VK kompaniyalarining tadqiqotlar departamenti sobiq direktori

Maʼruzachilar qaysi mavzularda gapirishi haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Konferensiyaga roʻyxatdan oʻtish bepul, ammo joylar chegaralangan. Oʻz oʻrningizni band qilish uchun mana bu havoladagi Telegram bot yordamida roʻyxatdan oʻting.

Manba: designscience.tech