Yandex kompaniyasi maktab oʻquvchilari uchun oʻzbek va rus tillarida IT sohasiga oid maʼruzalar taqdim etdi

Internet xizmatlari hamda mahsulotlarini taqdim etuvchi Yandex kompaniyasi maktab oʻquvchilari uchun texnologiyalarni qoʻllash, xususan, sunʼiy intellekt va mashinali oʻqitish haqidagi bir qator maʼruzalardan foydalanish imkonini taqdim etdi, deb xabar beradi gazeta.uz nashri.

Maʼruzalar oʻzbek va rus tillarida mavjud boʻlib, maktab oʻquvchilari tushunadigan tilga moslashtirilgan. Dasturda hozircha quyidagi mavzularda maʼruzalar koʻrishingiz mumkin:

  • Jamoada samarali muloqotni qanday yoʻlga qoʻyish mumkin? | Darya Zolotuxina
  • Yandex Taxi buyurtmalarni qanday taqsimlaydi va qaysi texnologiyalar safarlarni bexatar qiladi?
  • Qanday qilib nogironligi bor kishilar uchun ilovadan foydalanishni osonlashtirishi mumkin?
  • SI ijtimoiy va iqtisodiy loyihalarda qanday yordam bermoqda? | Anna Lemyakina

Maʼruzalarni Technovation Uzbekistan YouTube kanalida koʻrishingiz mumkin.