O‘zbekistonda superapp ishlab chiqish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda davlat xizmatlari, P2P o‘tkazmalar va elektron tijoratni o‘z ichiga oluvchi superapp ishlab chiqish rejalashtirilmoqda, deya xabar beradi spot.uz

Savdo sanoat palatasi rahbari Davron Vahobov hamda Soliq qo‘mitasi o‘rinbosari Sherzod Kudbiyev 2024-yilning 27-aprel kuni O‘zbekiston Prezidentining Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi yuzasidan muhokamalar olib bordi. Unda davlat xizmatlari, P2P o‘tkazmalar va elektron tijoratni o‘z ichiga oladigan superapp yaratish taklif qilindi. Tizimdagi barcha jarayonlar 5 yil davomida naqdsiz va bepul bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

Ushbu superapp bo‘yicha 10-noyabrga qadar takliflar ishlab chiqish Savdo sanoat palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Markaziy bankka topshirilishi mumkin. Tashabbusning amalda tatbiq etilishi tadbirkorlar va tijorat bank vakillar bilan birgalikda muhokama qilinishi taklif qilindi.