AI’preneurs — Sun’iy intellektga asoslangan startaplar ishlab chiquvchi iste’dodlarni birlashtiruvchi yangi shakldagi akseleratsiya. Quyida akseleratsiya dasturi imkoniyatlari, bosqichlari hamda dasturga oid muhim sanalar haqida ma’lumot berilgan.
Agar siz:
- Dasturchi;
- Mahsulot, loyiha yoki sotuv menejeri;
- Ma’lumotlar tahlilchisi;
- IT mutaxassis bo‘lsangiz, sun’iy intellektga asoslangan startaplarni ishlab chiqaruvchi iqtidorli mutaxassislarni birlashtiruvchi yangi shakldagi akseleratsiya dasturi — AI’preneurs’ga qo‘shiling!
Dastur 3 bosqichdan iborat:
- Orzungdagi jamoani yig‘ing. Dastur ishtirokchilarining birinchi topshirig‘i o‘zlari uchun sherik va jamoa shakllantirishdan iborat. Jamoani shakllantirish va startap qurish kabi mavzularda tashkil etilgan turli seminarlarda har bir ishtirokchi o‘zining kuchli va raqobatbardosh sifatlarini namoyon qilishga imkon beriladi.
- G‘oyangni tasdiqlat va sarmoya qo‘lga kirit. Bu bosqichda jamoa startap g‘oyasi hamda keyinchalik investitsiya qo‘mitasiga taqdim qilishi uchun mahsulot prototipini ishlab chiqish ustida ishlaydi. Qo‘mita jamoalarning keyingi bosqichga chiqishi va mahsulotning rivoji uchun Pre-Seed sarmoyalarini ajratish bo‘yicha qaror qabul qiladi.
- Muvaffaqiyatli SI mahsulot ishlab chiqing. 3-bosqichda startaplar mahsulot ustida ishlay boshlaydi. Maksimal samaradorlikni ta’minlash maqsadida startaplar mutaxassis maslahati, treking va mehmon ma’ruzachilar uchun doimiy ruxsatga ega bo‘ladi. Dastur yakunidagi Demo Day’da jamoalar investitsiya fondlari va korporatsiyalarga o‘z loyihalarini taqdim etadi.
Ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun Astana Hub kovorking hudud, yashash joyi hamda timbildinglar taqdim etadi.
Dastur uchun arizalar 2024-yilning 26-aprelidan 26-mayigacha qabul qilinadi. 7-iyungacha arizalar skriningi va diagnostikasi jarayoni bo‘ladi. 7-iyunda natijalar e’lon qilinadi va 24-iyunda dastur ish boshlaydi.
Manba: Astana Hub vebsayti