O‘zbekistonda chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohalarida soatlik ishchilarni topishga moʻljallangan EasyTap qozoq onlayn xizmati ishga tushirildi, deya xabar beradi forbes.kz sayti.
EasyTap xizmati biznes egalari uchun soatlik xodimlarni topishga yordam beradi va shu orqali ishchilar hamda ish yetishmovchiligi muammosini hal qiladi. Ishchilar esa, oʻz navbatida, moslashuvchan jadval va har hafta toʻlanadigan ish haqi toʻloviga ega boʻladi.
Allaqachon Qozogʻiston va Qirgʻiziston bozorlarida oʻz oʻrniga ega boʻlgan platformadan shu kungacha 120 dan ortiq, shu jumladan, Magnum Go va Arbuz mahsulotlar yetkazib berish xizmati, KFC, Hardeeʼs, Iʼm restoranlari, Zara, Massimo Dutti, Bershka, Stradivarius, Pull&Bear, Waikiki kiyim brendlari kabi koʻplab kompaniyalar roʻyxatdan oʻtgan. Startapning Oʻzbekistondagi ilk hamkorlari “Спортмастер”, Ostin va Funday doʻkon tarmoqlari boʻldi.
EasyTap kompaniyasi haqida yanada koʻproq maʼlumot olish va dasturni yuklab olish uchun ushbu havolaga oʻting.