2024-yilning 25-26-aprel kunlari Gruziyaning poytaxti Tblisida Markaziy Yevrosiyo venchur sammiti bo‘lib o‘tadi. Maqolada shu haqida ma’lumot keltirilgan.

Joriy yilning 25–26-aprel kunlari global VC fondlari, mintaqaviy hukumat tashkilotlari, ekotizim quruvchilari va yuqori daromadli shaxslarni asosiy venchur tadbiri — Markaziy Yevrosiyo venchur sammitida birlashadilar. Sammit rivojlanayotgan bozorlardagi investitsiya salohiyatiga bag‘ishlangan Gruziyaning poytaxti Tbilisidagi venchur kapital konferensiyasi bilan boshlanadi. Bundan tashqari, Gruziyaning Kaxeti shahrida bo‘lib o‘tadigan mintaqaviy venchur hamkorlikni rivojlantirish uchun netvorking tadbiri ham tadbir dasturiga kiritilgan.

Tadbirning asosiy mavzusi — “Nima uchun rivojlanayotgan bozorlar va fondlarga sarmoya kiritish VC (Venture Capital) va LP (Limited Partners) uchun jozibador?”

Manba: www.startupcentraleurasia.com