Samarqandda xalqaro xotin-qizlar kuni konferensiyasi — IWD Conference 2024 bo‘lib o‘tadi

2024-yilning 27-aprel kuni Samarqand shahrida GDG‘ning Women Techmaker dasturi doirasidagi eng yirik tadbir — xalqaro xotin qizlar kuni konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro xotin-qizlar kuni (IWD) konferensiyasi — WTM ambassadorlari butun dunyo bo‘ylab texnologiya sohasidagi ayollarni qo‘llab-quvvatlash va nishonlashga bag‘ishlangan texnologlarning eng yirik tadbiri.

Festival doirasida turli texnologik sessiyalar, mahorat darslari, netvorking va interaktiv o‘yinlar bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Dunyodagi ko‘plab ayollar uchun eng muhim mavzularda bo‘lib o‘tuvchi muhokamalar, seminar va ma’ruzalar bilan boyitilgan interaktiv va ilhombaxsh kun uchun konferensiyaga qo‘shiling. IWD Conference 2024 hamfikrlar bilan fikr almashish, mazmunli munosabatlar o‘rnatish, yangi texnologiyalarni o‘rganish va o‘z salohiyatingizni kashf qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Konferensiyaga qatnashish uchun ushbu havolaga kirib ro‘yxatdan o‘ting.

Manba: gdg.community.dev sayti.