AkylAI — qirgʻizcha gapiradigan sunʼiy intellekt bilan ishlovchi ilk yordamchi bot

Qirgʻizistonlik mutaxassislar qirgʻiz tilini tushunadigan va qirgʻizcha gapiradigan ilk SI yordamchi bot AkylAI ishlab chiqdi.

2024-yilning 17-aprelida The Cramer Project kompaniyasi hamda Qirgʻiz respublikasining yuqori texnologiyalar parki oʻzlarining Instagram ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida AkylAI qirgʻizcha gapiradigan ilk SI yordamchi boʻlgani haqida xabar berdi.

“Do’stlar, ajoyib yangilik! AkylAI endi qirgʻizcha gapira oladi! Bu koʻp tilli ovozli yordamchini yaratish yoʻlidagi birinchi qadamdir. Bu birinchi versiya boʻlgani uchun kamchiliklarni toʻgʻri qabul qilishingizni soʻraymiz”, deyilgan edi xabarda.

AkylAIʼni siz ham ushbu havola orqali sinovdan oʻtkazib koʻrishingiz mumkin.
Maʼlumot uchun, AkylAI loyihasi The Cramer Project tomonidan 2023-yil 29-avgustda qirgʻiz tilini tushunadigan ilk SI yordamchi sifatida ommaga havola etilgan edi.