IT Park “Dain Leaders” kompaniyasining tajribali ekspertlari rahbarligida IT Park xodimlari, rezidentlar xodimlari hamda IT Park asosidagi startaplar uchun texnik mahoratni oshirishga va yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lishga mo‘ljallangan mahorat darslarini tashkil qilmoqda.
“Dain Leaders” kompaniyasi ta’lim texnologiyalari sohasida, ayniqsa, Koreyada “CareerPASS” nomi bilan mashhur Karyera boshqaruv platformasi tufayli yetakchi mavqega ega.
Kimlar ishtirok etishi mumkin:
— IT Park rezidentlari xodimlari;
— IT Park asosidagi startaplar;
— IT Park xodimlari.
Trening vaqti:
22-apreldan 3-maygacha soat 09:00 dan 18:00 gacha.
Manzil:
— IT Park Toshkent filiali, Maxtumquli ko‘chasi, 1A;
— “IT Bilim”, Mo‘minov ko‘chasi, 4.
Mahorat darslari o‘zbek va rus tillariga tarjima qilingan holda koreys tilida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi rasmiy Telegram kanalidan olindi.